09 iyu 11:21
Yangiliklar

Dillian Uayt murabbiyi bilan xayrlashdi
Uayt hozirda rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlik ko'rmoqda. Dillianning aytishicha, Mark Tibbs bilan hamkorlik bokschi kutgan natijani bermagan.
"Mark Tibbs bilan hamkorlikni to'xtatdim. Men ayni paytda Portugaliyada yosh murabbiy Mark qo'l ostida mashg'ulotlarni davom ettiryapman. Bu murabbiyning Buyuk Britaniyada ham o'z zali bor. Men Mark Tibbs bilan to'rt yil ishladim. Lekin natija men kutganchalik bo'lmadi. Mark ajoyib murabbiy, men uni xuddi otamdek hurmat qilaman. Hammasi uchun rahmat", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Povetkin - Uayt jangi 22 avgust kuni britaniyalik taniqli promouter, jang tashkilotchisi Eddi Xirnga tegishli "Janglar bog'i"da bo'lib o'tadi.
Fikrlar