So’nggi yangiliklar

19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0

03 okt 16:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Dilshodbek Ro'zmetov Urganchda munosib kutib olindi va taqdirlandi FOTO

Ekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari o'rtasida boks bo'yicha bo'lib o'tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini ko'rsatib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.

Bu bilan vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishdi. Mubolag'a emas, jamoamiz sportchilari oldida mana-man degan davlatlar bokschilari ham lol qoldi. Ayniqsa, ayrim sportchilarimiz bunday yirik musobaqada ilk bor ishtirok qilishiga qaramay, hayiqmay jang qilishdi, bu bilan hech kimdan kam emasligini, aksincha, boshqalardan ustunligini to'la isbotlashdi.

Albatta, sportchilarimizning el-yurt shani va obro'yini dunyo miqyosida ko'klarga ko'tarish yo'lidagi mehnatlari beetibor qolmadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha bo'lib o'tgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi Farmoniga asosan, O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari, ularning murabbiylari faxriy unvon va medallar bilan mukofotlandi. SHuningdek, barchasiga Prezident sovg'asi – pul mukofoti va avtomobillar topshirildi.

Bunday sharafga sazovor bo'lganlar orasida Pahlavon Mahmud, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk siymolar tavallud topgan zamin - Xorazm vohasining mard va jasur o'g'loni Dilshod Ro'zmetov ham bor bo'lib, hukumatimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medaliga loyiq ko'rildi. SHuningdek, Prezidentimiz sovg'asi 6 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti va “Gentra” avtomobili bilan taqdirlandi.

Binobarin, Dilshodbek jahon chempionatida birinchi marta qatnashib, finalgacha bo'lgan yo'lda birin-ketin barcha kuchli raqiblarini dog'da qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Jumladan, mo'g'ulistonlik SHinebayar Narmandaxni 5:0 hisobida, Afrika qitasining Kongo davlati vakili Pita Kabeji Peterni 5:0 hisobida, ruminiyalik Andrei Aradoayni 3:2 hisobida, angliyalik Bendjamin Uittakerni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Faqat, hal qiluvchi jangda Dilshodbek Ro'zmetovga biroz tajriba, biroz omad etishmadi. SHunga qaramay, u Xorazm viloyati sporti tarixida yangi, o'ziga xos sahifa yaratdi. Zero, kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining shohsupasiga ko'tarilish barcha sportchining orzusi hisoblanadi. Kumush medal – bu ham katta yutuqdir.

Malumot o'rnida shuni qayd etishni istardikki, hamyurtimizning shu kungacha ko'rsatgan eng yaxshi ko'rsatkichi 2015 yili o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining kumush medali bo'lib qolayotgandi. Ko'rinib turibdiki, vakilimiz o'z natijasini ancha yaxshilashga erishdi.

Bugun Dilshodbek Ro'zmetov tug'ilib o'sgan Xorazmga etib keldi. Mohir bokschi Urganch xalqaro aeroportida Xorazm viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, voha sporti ahli, shuningdek, sportchining ota-onasi, yaqinlari va do'stlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan katta shodiyona bilan kutib olindi. SHu erning o'zida unga hurmat va ehtirom ramzi sifatida zarbof to'n kiydirildi.

Kutib olish marosimi tantanalari bir ozdan so'ng, Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining “Boks markazi” oldidagi xiyobonda davom etdi. Tadbirda qatnashgan Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov so'zga chiqib, hukumatimiz, xususan, Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida to'xtalib, o'zbekistonlik “charm qo'lqop” ustalarining Rossiya davlatida nihoyasiga etgan boks bo'yicha jahon chempionatida ko'rsatgan yuksak natijasi yurtimizda olib borilayotgan ezgu ishlarning samarasi ekanligiga etibor qaratdi. O'z navbatida mamlakatimiz bokschilarining ushbu muvaffaqiyatiga o'zining munosib ulushini qo'shgan xivalik Dilshodbek Ro'zmetovni erishgan yutug'i bilan qutlab, “Spark” avtomobilining kalitini topshirdi. SHuningdek, uning murabbiyi Ilhom Sadullaevga zamonaviy rusumdagi televizor sovg'a qildi.

-Avvalambor, Prezidentimiz tomonidan biz yoshlarga sport bilan shug'ullanishlarimiz uchun yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildiramiz, - deydi boks bo'yicha jahon chempionati sovrindori, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi D.Ro'zmetov.- Aynan, ushbu etibor, ko'rsatilayotgan g'amxo'rliklar bizni yangi-yangi marralar sari etaklayapti. Nasib qilsa, bunga javoban 2020 yili Yaponiya davlatining poytaxti Tokio shahrida uyushtiriladigan yozgi Olimpiada o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritishni, ushbu yirik sport anjumanining oltin medali bilan qaytishni niyat qilganman. Maqsadim ushalishi yo'lida bor kuch va g'ayratimni sarflashga tayyorman.

Yurtimizda to'y va shodiyonalar kuy-qo'shiqsiz o'tmaydi. Tabiiyki, ushbu tantana ham bundan mustasno bo'lmadi. “Boks markazi” xiyobonida yangragan sho'x va o'ynoqi musiqa sadolari, dillarni quvnatadigan qo'shiqlar, raqqosalarning dilbar hiromlari davraga o'zgacha fayz va tarovat bag'ishladi.

Ikrom XUDOYBERGANOV.




Reyting:    

Fikrlar

   
03 okt 18:10:03
Judo 1
Keyingi katta turnirlarda ham omad tilaymiz, koplab yosh chempionlar yetishib chiqishiga turtki bulishini tilab qolamiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing