04 avg 18:56
Yangiliklar
Diyora Keldiyorova Sloveniyada mashg'ulotlarga kirishdi + FOTO
Tatamida dunyoning turli burchaklaridan kelgan eng kuchli dzyudochilar jam bo'lgan.
O'zbekiston terma jamoasi etakchisi uchun ushbu yig'in mavsumdagi asosiy xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan biri bo'lib, jahon dzyudosining etakchi sportchilari bilan intensiv mashg'ulotlar va sparringlar o'tkazish imkonini bermoqda.
Hozircha Diyora Keldiyorovaning qaysi musobaqadan restart qilishi nomalum. U Parij-2024 Olimpiadasidan keyin hali musobaqalarda ishtirok etmadi. Farzand tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lgan Diyora avvaliga individual, endi esa umumiy mashg'ulotlarga qaytdi.
Oldinda sentyabr oyida Yaponiyada o'tkaziladigan Osiyo o'yinlari hamda Boku shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionati bor. Keldiyorovaning o'zi shu yil katta sportga qaytishini aytgan edi.










Fikrlar