04 apr 11:22
Yangiliklar
Dmitriy Bivol yana bir chempionlik kamaridan mahrum bo'lishi mumkin
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol WBO kamaridan mahrum bo'lishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Bivol va germaniyalik Mixael Ayfert o'rtasidagi bo'lajak to'qnashuv g'olibiga majburiy raqib sifatida Devid Morrel va Kallum Smit o'rtasidagi qarama-qarshilik g'olibi tayinlanadi. Ularning jangi 18 aprel kuni Angliyaning Liverpul shahrida bo'lib o'tadi va unda WBO vaqtinchalik kamari o'rtaga qo'yiladi.
Bivol ushbu jang g'olibiga qarshi majburiy titul himoyasini o'tkazishdan bosh tortishi ehtimoli bor. CHunki u bir necha bor vatandoshi Artur Beterbiev bilan trilogiyada hamda yarim og'ir vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Devid Benavides bilan jangda qatnashish istagini bildirgan.

Fikrlar