25 fev 13:15
Yangiliklar
Doha (ATP). Xachanov faoliyatidagi 6-sovrinini qo'lga kiritdi
Bosh sovrin rossiyalik Karen Xachanovga nasib etdi. Dunyoning 17-raketkasi bo'lib turgan rossiyalik tennischi hal qiluvchi final bahsida ATP reytingida 116-pog'onasida joylashgan chexiyalik 18 yoshli Yakub Menshikka qarshi kortga chiqib, qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi - 7/6(12), 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bir soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Xachanov 10, Menshik 17 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Yakubda ko'proq bo'ldi - 3 ga 1.
SHu tariqa, Xachanov mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi oltinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Qatardagi bir haftalik muvaffaqiyatli ishtirok Karenga 250 reyting ochkosi hamda 212,300 dollar mukofot puli taqdim etdi. Menshik esa 165 ochko va 123,840 dollarga ega bo'ldi.
Fikrlar