18 fev 14:05
Yangiliklar
Doha (WTA). Iga Svyontek chempionlik unvonini himoya qildi
Musobaqa bosh sovrini polshalik Iga Svyontekka nasib etdi. Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingining to'rtinchi pog'onasidan joy olgan qozog'istonlik Elena Ribakinani mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(8), 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Ribakina oldinda bormoqda - 3:2. Ikki soatu 17 daqiqa davom etgan basda Svyontek 2, Ribakina 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Iga bu bilan o'tgan yilgi chempionlik unvonini ham himoya qildi. Bu uning faoliyatidagi 18-sovrini bo'ldi.
Polshalik tennischi bir haftalik mehnatidan 1000 reyting ochkosi hamda 523,485 dollar mukofot puli ishlab oldi. Ribakina esa 650 ochko hamda 308,320 dollarga ega bo'ldi.
Fikrlar