So’nggi yangiliklar

14:00Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0 11:55Ўзбекистонда қатор профессионал футбол клублари ишончли бошқарувга берилади 0 11:27Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга Mangu 5 турнири ўтказилади 0 09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0

06 sen 15:11
Yangiliklar

Futbol

Donald Tramp O'zbekiston MTJga JCH-2026`da omad tiladi

Kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Amerika Qo'shma SHtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

O'zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari batafsil ko'rib chiqildi.

Suhbat avvalida AQSH Prezidenti so'nggi yillarda Yangi O'zbekistonda iqtisodiyotni modernizaciya qilish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni yuksak baholadi va qo'llab-quvvatladi.

Kelgusi yili AQSHda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor ishtirok etishi mamnuniyat bilan qayd etildi. AQSH etakchisi futbol terma jamoamizga chin dildan omad tiladi.

Telefon muloqoti chog'ida davlat rahbarlari dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSHning “C5+1” shaklidagi mintaqaviy hamkorligini chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

Davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampni o'zi uchun qulay muddatda O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi. Amaliy hamkorlik bo'yicha loyiha va dasturlarni ilgari surish maqsadida oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev va AQSH Prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqoti ochiq, konstruktiv va do'stona ruhda o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing