So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

15 jan 11:52
Yangiliklar

Futbol

Dortmundning mashhur nashrlari Husanov "Man Siti"ga o'tib ketayotganidan afsusda

Abduqodir Husanov tez orada "Manchester Siti" klubi azosiga aylanishi kutilmoqda.

Germaniyaning mashhur nashrlaridan biri Ruhr24 "Borussiya Dortmund" Abduqodir Husanovni qo'ldan chiqargani haqida yozmoqda. Maqolada "Borussiya D"dagi muammolarni berkitishi mumkin bo'lgan himoyachini klub qo'ldan chiqargani tanqid ostiga olingan.

Quyida ushbu maqola bilan tanishishingiz mumkin:

"Borussiya" himoyachilari ketma-ket o'yinlarni boy berishmoqda, yorug'lik esa ko'rinmayapti. Himoyani kuchaytirishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlardan biri bo'lsa "Siti"ga ko'chib o'tmoqda – Abduqodir Husanov.

"Dorussiya D" himoyasi har qachongidanda ojizroq ko'rinmoqda. "Bayer"ga qarshi mag'lubiyat qabul qilib olingan o'yinda boshqa poziciyadagi o'yinchilar markaziy himoyachi rolini bajarishga majbur bo'lishdi. Muxlislarning yangi transferga bo'lgan istagi har doimgidanda yuqori. Biroq, endi bir nomzod ismini ro'yxatdan o'chirish kerak.

OAV malumotlariga ko'ra Abduqodir Husanov transferi eng oxirgi nuqtada turibdi. "Lans" klubi 20 yoshli o'zbek uchun 40 mln evro (va bonuslar) oladi. Abduqodir "Siti"  bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolaydi. Tibbiy ko'rib ham rejalashtirib qo'yilgan.

"Borussiya D" Husanovni erta transfer qilish imkonini o'tkazib yubordi. "Man Siti" Husanov uchun kurashda nafaqat "Borussiya D", balki "Real", "Bayer", "Tottenxem" va "Nyukasl" klublarini dog'da qoldirdi. "Borussiya Dortmund"ni jig'iga bundan ham battar tegayotgan narsa bor: "Lans" Husanovni 2023 yilning yozida bor-yo'g'i 100 ming evro evaziga sotib olgan. 

"Siti"ning ikki markaziy himoyachisi Jon Stouns va Ruben Dias jarohatda, qolganlar ham jarohatlar bilan kurashishmoqda. SHunday bo'lsa ham dunyoning eng zo'r ligasiga, bo'lib ham dunyoning eng kuchli klublaridan biriga qo'shilish – Abduqodir uchun haqiqiy sinov".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing