24 fev 07:46
Yangiliklar
Tennis
Dubaydagi WTA 1000 turniri finalida yana bir debyutant
BAAning Dubay shahri mezbonlik qilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda finalchilar nomi malum bo'ldi.
Dunyoning 26-raketkasi, italiyalik Jasmine Paolini ikkinchi yarim final bahsida reytingda o'zidan 4 pog'ona yuqorida borayotgan ruminiyalik Sorana Kirstyani mag'lub etishning uddasidan chiqdi - 6/2, 7/6(6).
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 3:0 ko'rinishiga keldi. Paolini faoliyatida ilk bor WTA 1000 toifasidagi turnir finalida o'ynaydigan bo'ldi. U 2021 yilning sentyabrida faoliyatidagi hozircha yagona bo'lib turgan WTA 250 toifasidagi turnir bosh sovrinini qo'lga kiritgan edi. Dubay finalida u rossiyalik Anna Kalinskayaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar