07 may 08:28
Yangiliklar

Dunyoning 830-raketkasi qaytishini g'alaba bilan nishonladi
Ayni paytda WTA reytingida 830-pog'onadan joy olgan Petra Kvitova qaytishini chiroyli g'alaba bilan qarshi oldi. CHexiyalik tennischi ilk davrada reytingda o'zidan deyarli 800 pog'ona yuqorida borayotgan ruminiyalik Irina-Kameliya Beguni mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 6/1.
Petra tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinda bormoqda - 7:1. To'qson etti daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennis malikasi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Beguda ko'proq bo'ldi - 5 ga 1. Breyklar bo'yicha esa Kvitova 5 ga 1 ko'rinishida ustunlik qildi.
Malumot uchun, 35 yoshli Kvitova beshta mag'lubiyatdan iborat yoqimsiz seriyasiga barham berdi. U so'nggi bor 2023 yilning oktyabrida g'alaba qozongandi. Orada farzandli bo'ldi. Endi Uimbldon turnirining ikki karra g'olibasi ikkinchi davrada tunislik Ons Jaberga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar