23 may 19:05
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning beshinchi raketkasi "Rolan Garros"da ishtirok eta olmaydi
Bu haqida amerikalik tennischining o'zi ijtmioiy tarmoqdagi sahifasi orqali malum qildi.
Jessika Pegulaning "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Franciya Ochiq chempionatini muxlis sifatida kuzatishiga to'g'ri kelmoqda.
— Afsuski, "Rolan Garros" turnirida ishtirok eta olmayman. Men deyarli to'laqonli mashg'ulotlarga qaytgandim. Bir necha hafta davomida sog'lig'imda muammo sezmadim. Lekin baribir extiyotkorlikni unutganim yo'q. Agar ixtiyorimda tiklanish uchun yana 5-7 kun bo'lganida edi, men turnirga 100 foiz tayyor bo'lardim, — dedi Pegula.
Eslatib o'tamiz, "Rolan Garros" turniri bugun boshlanadi va 9 iyun kuniga qadar davom etadi.
Havola :
Fikrlar