02 okt 12:16
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi Pekinda finalga chiqdi
Sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi bo'lib turgan Yannik Sinner Pekinda ATP 500 toifasiga kiruvchi turnirning finaliga yo'l oldi.
Italiyalik tennischi 1/2 finalda musobaqa kashfiyotiga aylangan xitoylik Bu Yunchaoketeni to'xtatib qoldi - 6/3, 7/6(3). Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Yannik ikki soatu etti daqiqa davom etgan bahsda 11, ATP reytingida 96-pog'onadan joy olgan Bu esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Musobaqaning amaldagi chempioni bo'lgan Sinner ketma-ket 15-g'alabasini tantana qildi. U joriy mavsumda ettinchi bor finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar