15 dek 15:40
Yangiliklar

Dunyoning birinchi raketkasi yangi mavsumning 6 oyida qaysi turnirlarda qatnashishi malum
Yani, italiyalik raketka ustasi mavsumning birinchi qismida o'zi qatnashadigan turnirlari ro'yxatini oshkor qildi.
Yannik yanvar-may oylarini o'z ichiga olgan yarim yillik taqvimdan o'rin olgan ilk musobaqasini Australian Open`dagi ishtirokidan boshlaydi. "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati 12-26 yanvar kunlari oralig'ida o'tkaziladi. Olti oylikdagi so'nggi turniri ham "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasi bo'ladi.
Yannik Sinner qatnashadigan olti oylikdagi turnirlar ro'yxati:
• Australian Open (yanvar)
• ATP 500 Rotterdam (fevral)
• ATP 500 Doha (fevral)
• Indian-Uells "Masters" (mart)
• Mayami "Masters" (mart)
• Monte-Karlo "Masters" (aprel)
• ATP 500 Myunxen (aprel)
• Madrid "Masters" (aprel)
• Rim "Masters" (may)
• "Rolan Garros" (may)
Malumot uchun, italiyalik tennischi 2024 yilda jami 84 ta uchrashuv o'tkazib, ularning 78 tasida (93%) g'alaba qozongan. Mavsum davomida u 9 ta ATP turnirlari bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Ular orasida Australian Open va US Open turnirlari chempionligiyam bor. Yannik 2024 yilda faqat mukofot pullarining o'zidan taxminan 17 million AQSH dollari ishlab topdi.
Fikrlar