23 mar 10:31
Yangiliklar
Dunyoning ettinchi raketkasi yakuniga etmay qolgan bahs g'olibasi sifatida 1/16 finalga chiqdi
Sayyoramizning ettinchi raketkasi CHjen Cinven ikkinchi davrada WTA reytingida 42-o'rinni egallab turgan chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni 4/6 hisobida boy bergan xitoylik tennischi ikkinchi setda muvozanatni tikladi - 6/3. Hal qiluvchi uchinchi setning birinchi geymida keyin Sinyakova jarohat sabab bahsni davom ettira olmasligini malum qildi - 4/6, 6/3, 1/0, rad.
Uchrashuv statistikasi
CHjen - 4 ta eys, 1 ta qo'shxato, 4 ta breyki
Sinyakova - 2 ta eys, 1 ta qo'shxato, 3 ta breyki
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi CHin yurti vakilasi uchinchi bosqichda Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqadi. Belaruslik tennischi ikkinchi davrada amerikalik Peyton Stirnsni uch set natijasiga ko'ra 7/5, 3/6, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar