14 iyu 08:46
Yangiliklar
Tennis

Queen's Club. CHjen Cinven Radukanuni taslim etdi
London shahrida o'tkazilayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi Queen's Club tennis turnirida 1/2 finalchilar aniqlandi.
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib turgan xitoylik CHjen Cinven 1/4 finalda mezbonlar vakilasi, WTA reytingida 37-pog'onada borayotgan Emma Radukanuni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/4.
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bir soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda CHjen 5, Radukanu 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar britaniyalik tennischida ko'proq bo'ldi - 7 ga 4. Breyklar bo'yicha esa tabiiyki, g'olib tennischi ustunlik qildi - 5 ga 2!
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar