05 fev 10:37
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Dunyoning sobiq birinchi raketkasi o'z yurtdoshlari oldida ojiz qoldirildi
Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda. 
			Dunyoning sobiq birinchi raketkasi, hozirda WTA reytingida 870-pog'onada borayotgan Simona Xalep ilk davrada italiyalik Lyuchiya Broncettiga deyarli qarshilik ko'rsata olmadi - 1/6, 1/6. Reytingda 72-o'rinni egallab turgan Broncetti tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobini ochdi.
Roppa-rosa bir soat davom etgan bahsda Xalep 1, Broncetti 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Lyuchiya tomonida bo'ldi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar