So’nggi yangiliklar

10:59"Бу жасорат!" — Трамп Жейк Пол - Жошуа жанги ҳақида гапирди 0 10:38Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи 0 10:17Рой Жонс айни дамда дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 09:56Илия Топурия: "Хабибнинг кўз ўнгида Махачевни ютишни жуда хоҳлайман. Улар такаббур ва манман!" 0 09:35Лёрнер Тьен Ёшлар ATP Якуний турнири ғолиби! 0 09:14"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан ҳавотирда 0 08:53Кейн Веласкес озодликка чиқиши мумкин 0 08:32Костя Цзю: "Жошуа - Пол каби жанглар боксни бузади" 0 08:11Баутиста Пётр Яннинг ғалабаси ҳақида: "Дивизионни яхшигина силкитди" 0 07:50ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда 0 07:29ММА афсоналаридан бири Андерсон Сильва энди полициячи 0 07:08Бакли Раҳмонов уни қора бола деб атаганини жавобсиз қолдирмади 0 18:39Жейк Пол муваффақиятли операция қилинди + ФОТО 0 18:02"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 17:41"Полни ҳурмат қилишни бошлаш керак" - UFC собиқ чемпиони 0

05 fev 14:28
Yangiliklar

Tennis

Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Simona Xalep faoliyatini yakunladi

Teglar :  Simona Xalep
Ruminiyalik tennis malikaksi o'z vatanida o'tkazilayotgan turnirning ilk davrasidagi mag'lubiyatni ko'tara olmadi.

Hozirda WTA reytingida 870-pog'onada borayotgan Xalep Kluj-Napoka shahridagi WTA 250 toifasiga kiruvchi turnirning birinchi bosqichida italiyalik Lyuchiya Broncettiga 1/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu uchrashuvdan so'ng Simona arenaga yig'ilgan vatandoshlari bilan xayrlashdi va professional tennischilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi. 

Xalep 2022-2024 yillar oralig'ida ijobiy doping-test natijasi tufayli barcha faoliyatdan chetlatilgan edi. O'tgan yili jazo muddatini o'tab kortga qaytgan Simona 6 ta uchrashuv o'tkazib, 5 tasida mag'lubiyatga uchradi. 

Malumot uchun, 2006 yilda professional faoliyatini boshlagan Simona Xalep jami 839 ta uchrashuv o'tkazib, 593 tasida (71%) g'alaba qozondi. Salkam 20 yillik faoliyati mobaynida u faqat mukofot pullarining o'zidan 40,5 mln AQSH dollari ishlab oldi. 2018 yilda ruminiyalik tennischi "Rollan Garros", 2019 yilda Uimbldon turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing