22 fev 10:25
Yangiliklar
Futbol

DXX rahbari Bahodir Qurbonov O'zbekiston futbol Associaciyasi prezidenti etib saylandi
Bugun O'FAning navbatdan tashqari saylov kongressi bo'lib o'tdi.
Associaciyasining majlislar zalida o'tkazilgan navbatdan tashqari saylov kongressida tashkilotga yangi prezidenti saylandi. O'FA prezidentligiga nomzod sifatida ko'rsatilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Bahodir Nizomovich Qurbonov delegatlar tomonidan bir ovozdan saylandi. SHu tariqa Bahodir Qurbonov O'zbekiston Futbol Associaciyasining yangi prezidenti sifatiga ishga kirishdi.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar mazkur lavozimda O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati sobiq rahbari Abdusalom Azizov ishlab kelayotgan edi. So'nggi oyda esa O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bu vazifani bajarayotgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar