14 sen 08:43
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudochilarimiz medallar jamg'arish bo'yicha peshqadamlikni qo'lga olishdi
SHu kunlarda Indoneziya poytaxti Jakarta shahri dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Qita birinchiligining birinchi kun natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 9 ta medal (3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) bilan qitamizning 20 davlati orasida karvonboshi bo'lib oldi.
So'nggi yillarda o'sishga erishayotgan Hindiston ilk kungi bellashuvlardayoq 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Qozog'iston va Koreya Respublikasi terma jamoalari hisobida 1 nafardan chempion bor.
Umuman olganda, bugun 8 davlat delegaciyalari Osiyo chempionatining kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar