12 mar 17:31
Yangiliklar

Eagle FC 46 turnirining barcha natijalari bitta xabarda + FOTO
Eagle FC 46 oqshomining markaziy to'qnashuvida amerikalik sobiq UFC jangchisi Kevin Li 40 yoshli vatandoshi Diego Sanchesga qarshi oktagonga ko'tarildi. Super engil vaznda kechgan jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlar Kevin Lining g'alabasini taminlashdi — 30-27, 30-27, 30-27.
Nufuzi jihatidan ikkinchi jangda rossiyalik Rizvan Kuniev Entoni Xemiltonni birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. Hamyurtimiz Firdavs Hasanov ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu safar u amerikalik Irvin Riveraga ikkinchi raundda texnik nokaut bilan yutqazdi.
Eagle FC 46 turnirining barcha natijalari
Asosiy kard:
Kevin Li — Diego Sanches. Li ochkolar (30-27, 30-27, 30-27) hisobida g'alaba qozondi
Rizvan Kuniev — Entoni Xemilton. Kuniev birinchi raundda raqibini bo'g'ib qo'ydi
Rey Borg — Riki Bandexas. Borg ochkolar (29-28, 29-28, 28-29) hisobida g'alaba qozondi
Xandesson Ferreyra — Zak Juuzola. Ferreyra ochkolar (30-27, 30-27, 30-27) hisobida g'alaba qozondi
Raymond Magomedaliev — Impa Kasanganay. Magomedaliev ochkolar (29-28, 29-28, 28-29) hisobida g'alaba qozondi
Prelium kard:
Ikram Aliskerov — Na-SHon Barrell. Aliskerov ochkolar (29-28, 29-28, 29-28) hisobida g'alaba qozondi
Irvin River — Firdavs Hasanov. Rivera ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozondi
Archi Kolgan — Dilan Mantello. Kolgan ochkolar (30-27, 30-27, 30-27) hisobida g'alaba qozondi
Tomas Uebb — Tayler Rey. Rey ochkolar (30-27, 30-26, 30-26) hisobida g'alaba qozondi
Kayo Urugvay — Sitik Maduev. Maduev ochkolar (30-27, 30-27, 30-27) hisobida g'alaba qozondi
Menni Valo — Rider Nyuman. Nyuman ochkolar (29-28, 29-28, 28-29) hisobida g'alaba qozondi.
Fikrlar