30 okt 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Ekaterinburgdagi profi boks kechasida uch hamyurtimiz g'alaba qozondi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Rossiyalik promouterlar tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida uch nafar o'zbekistonlik professional bokschilar ham o'z reyting janglarini o'tkazishdi.
Quvonarlisi, ularning uchchalasi ham raqiblarini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Dostonbek Turdiev professional faoliyatidagi uchinchi jangida rossiyalik Sergey Danilovni taslim etdi.
Jahongir Qurbonov yana bir mezbon bokschi Anis Abdullinni engdi. Uchinchi bokschimiz Feruzbek Yo'ldoshev ozarboyjonlik Musayib Asadovdan ustun keldi. Janglarning barchasi to'rt raunddan iborat bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar