10 mar 16:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov final chiptasi uchun ringga ko'tarildi
Amman shahrida boks bo'yicha Olimpiada licenzion turnirining navbatdagi kungi bahslari davom etmoqda.
Hozirgina -63 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Elnur Abduraimov 1/2 final jangini yakunladi. Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritib ulgurgan Elnur mo'g'ulistonlik CHinzorig Baatarsuhga qarshi ringga chiqdi.
Qiziqarli kechgan jangda Abduraimov kuchli raqibini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Endi Abduraimov oltin medal uchun jangda qozog'istonlik Zakir Safiullinga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar