So’nggi yangiliklar

11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0

14 mar 18:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Elnur Abduraimov qozog'istonlik raqibga qarshi jang, Xoldorov bilan sparring va boshqa masalalar haqida gapirdi

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun o'tgan licenzion musobaqa delegaciyamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanganidan xabaringiz bor.

Bokschilarimiz orasida Elnur Abduraimov -63 kilogramm vazn toifasida o'tgan bahslarda barcha raqiblarini mag'lub etibgina qolmasdan yana bir bor Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ha, aynan yana bir bor. Elnur 2015 yil Qatarning Doxa shahrida o'tgan jahon chempionatida sovrindor bo'lish orqali -60 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasiga ham yo'llanma olgan edi. Biroq terma jamoamiz murabbiylar shtabi Rioga ushbu vaznda Xurshid Tojiboevni olib borgan edilar. Oradan 4 yil o'tib, o'zida kuchli iroda va matonat to'play olgan Abduraimov Tokio-2020 ishtirokchisiga aylandi. Yana bir ahamiyatli tomoni uning finalda qozog'istonlik Zakir Safiullin bilan o'tkazgan jangi ko'pchilik muxlislar tomonidan turnirning eng qiziqarli bahsi deb etirof etilmoqda. Etiboringizga ushbu bokschimiz bilan musobaqa taassurotlari haqidagi intervyuni havola qilamiz:


– Ushbu vaznda licenzion turnirga borish uchun juda kuchli ichki sparring jangi ham bo'lganidan xabarimiz bor. Aytingchi, Iqboljon Xoldorovga qarshi kechgan sparring qiyin bo'ldimi yoki musobaqadagi janglar?
– Men uchun ikkalasi ham qiyin bo'ldi. Xoldorov ham, Ammandagi raqiblar ham katta tajribaga ega va texnikasi yuqori bo'lgan bokschilar. Har ikki holatni tenglashtirib ko'rmagan bo'lar edim. Ikkisi ham men uchun birdek qiyin.

– Finalning uchinchi raundida Safiullin bilan gap talashib qolganday bo'ldingiz. Aslida nima bo'lgan edi?
– Yo'q, unaqa gap talashib qolmadik. Men unga: “Bekor bunday boks tushding. CHiroyli jang qilganimiz yaxshi edi”, dedim. Keyin u kechirim so'radi va barchasi o'tib ketdi. Bu holat juda tez suratda bo'lib o'tdi. Jang yakunida bir-birimizni tabriklab, jang uchun rahmat aytdik. Bu erda jiddiy bir narsa yo'q.


– Rio Olimpiadasiga yo'llanmangiz bo'la turib bora olmagan edingiz. Bu esa sportchida keyingi Olimpiadaga harakat qilishi uchun juda katta kuch va iroda talab qiladi. O'zingizda qanday kuch topdingiz?
– Albatta, bunga sabr kerak. Juda ko'p sabr kerak. Rioda licenziya bo'la turib bora olmagan edim. Keyinchalik o'zimda iroda topib, shu maqsadim sari mehnat qildik. Mashaqqatli mehnat va sabr ortidan mana shu natijaga erishdik deb o'ylayman.

– Musobaqa va undagi g'alaba taassurotlari qanday?
– Turnirni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib oldik. Unda eng kuchli terma jamoa ekanligimizni yana bir karra isbotlab berdik. Bu barchamizning g'alabamiz, bu butun O'zbekistonning g'alabasi. Bizning bunday g'alaba qozonishimiz yo'lida barcha sharoitlarni yaratib bergan hukumatimiz va sportimiz rahbariyatiga, biz bilan mehnat qilgan murabbiylarimizga katta rahmat aytib qolaman.

– Oldindagi rejalar qanday?
– Eng asosiy reja – Tokioga munosib tayyorlanish. Endi bor etiborimiz bo'lajak Olimpiadaga qaratiladi. Yig'inlarda yanada katta mehnat qilib, inshoolloh, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlaridan ham yorug' yuz bilan qaytib kelishni niyat qilganmiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
15 mar 09:47:17
Abdul shox
Тулкин Кличев хамма ёкни таниш билиш еилиб ташади.. Бобо Усмон, Турсунов, Рузматов, Фанат Кахрамонов хаммаси танишлари и договорда алимпиадада чемпион булса бериладиган 200 минг доллари ярмини Тулкин Кличев олишга келишган 1000% факт бу.. Узбда чемпион булсаям бир тийин ТАНИШ БИЛИШ булиб кетти
   
14 mar 22:09:43
SPRINTERshashist
Хаммаси олдиндан хал булиб булган десам ишонасизларми? Шахсан Ман бобоусмон Шахрамни ютганини курмадим. Тулкин ака Нима киляпти термада буни Оллох билади
   
14 mar 20:00:15
Jasur TopSales
Элнур яхши боксчи лекин олимпиадада ундан медали кутиш кийин, чунки куп очик жанг килади ку жарохат олади , тактика юк, оек харакати юк, бита жойда колиб ишлайди, профессионал бокса мос жанглари, хавоскарда Икболжон Холдоров 63 ва 69 кг хозирги кунда Жахонда тенгсиз, унда техника, тактика, тезлик, зарба, оек харакати ало даражада, кучли ракибларни уйнаб уйнаб ютади, лекин Тулкин Киличев узини якинларини танлади, бу Олимпиатада 63 кг ва 69 кг , 75 кг, 91 кг натижа исботи булади.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing