17 iyu 13:35
Yangiliklar
Tennis, Parij-2024
Emma Radukanu Olimpiada uchun berilgan wild card`ni rad etdi
US Open-2021 chempioni Emma Radukanu Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etmaydi.
Britaniyalik tennis malikasi Olimpiya o'yinlarida to'g'ridan-to'g'ri qatnashish imkoniyatini beruvchi wild card, yani imtiyozli yo'llanmani qabul qilmadi. Tashkilotchilar Emmaga shunday imkoniyat taqdim etishgandi.
SHu tariqa, Keti Bulter Buyuk Britaniya sharafini Olimpiadada himoya qiladigan yagona ayol ingliz tennischisi bo'ladi. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa to'rt nafar britan tennischisi o'z mahoratini namoyish etadi. Ular orasida dunyoning sobiq birinchi raketkasi Endi Marrey ham bor.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar