07 iyu 17:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Endi Ruis revansh uchun 50 mln dollar so'rayapti
Professional boksning superog'ir vazn toifasi yangi qiroli Endi Ruis revansh jangiga osonlikcha rozilik bermaydigan ko'rinadi.
Meksikalik jahon chempioni o'zining so'nggi intervyularida endi shartni u qo'yishini aytmoqda.
- Entoni Joshuaga qarshi revansh jangi o'tkazilishiga qarshi emasman. Lekin endi hammasi boshqacha bo'ladi. Jang uchun shartlarni endi men qo'yaman. Avval bu vakolatga Joshua ega edi va uning aytgani aytgan, degani degan edi. Revanshdagi gonorarim 50 million dollar bo'lishi shart, - dedi Ruis.
Havola :
Fikrlar