06 iyu 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Xabib UFCda eng ko'p pul oladigan sportchi
Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz UFC bilan yangi shartnoma haqida gapirdi.
"Biz juda xursandmiz. Biz haqimizda qayg'urishdi. Ajoyib imkoniyatlar - biz bundan xursandmiz. Bu faoliyatimdagi eng oson muzokaralar edi. Ish silliq kechdi.
Fikrimcha, Xabib dunyo ko'rgan eng buyuk jangchi. U xech qachon yutqazmagan. U xar bir raundda raqiblaridan ustunlik qilgan. Xech qachon doping bilan bog'liq muammolarga aralashmagan.
Aynan shuning uchun ham Xabib UFCning eng ko'p pul to'lanuvchi sportchisiga aylandi. Menga ishoning: Bugun Xabib eng ko'p pul to'lanuvchi sportchi. Men barchasini ko'rdim - barchasini ko'rsatishdi. Biz baxtlimiz. Janglarning vaqti keldi", - dedi menejer.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar