06 sen 16:41
Yangiliklar
Eng kuchli 8 nafar tennischi US Open bosh sovrini uchun kurashni davom ettiradi (chorak final juftliklari)
2022 yilgi US Open turnirida erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida yangi chempion aniqlanadi. Bugun, 6 sentyabr kuni erkaklar o'rtasidagi barcha chorak final juftliklari malum bo'ldi. Qizig'i, kuchli sakkizlik orasida avvalroq US Open chempionligini qo'lga kiritgan birorta ham tennischi yo'q. 1/8 finalda sobiq chempionlar Rafael Nadal va Marin CHilich bor edi, ammo ular mos ravishda Frensis Tiafo va Karlos Alkarazga yutqazib, turnirni tark etishdi.
US Open. CHorak final juftliklari bilan tanishing:
Matteo Berrettini (Italiya, 13) — Kasper Ruud (Norvegiya, 5).
Nik Kiros (Avstraliya, 23) — Karen Xachanov (Rossiya, 27).
Andrey Rublyov (Rossiya, 9) — Frensis Tiafo (AQSH, 22).
Yannik Sinner (Italiya, 11) — Karlos Alkaraz (Ispaniya, 3).
CHorak final uchrashuvlari bugun start oladi.
Fikrlar