14 okt 11:08
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika. Yoshlarimizdan Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli start
Quvaytda 18 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida engil atletika bo'yicha Osiyo chempionati start oldi.
Musobaqaning birinchi kun bahslaridayoq O'zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo'ldi.
Dastlabki medalni uch hatlab sakrash bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempioni SHarifa Davronova keltirdi. Ahamiyatlisi, u chempionlikni bu gal uzunlikka sakrash sektorida tantana qildi. Hamyurtimiz mazkur dasturni shaxsiy rekordini yangilab, 6,06 metr natija bilan yakunladi. Ushbu yo'nalishda ishtirok etgan boshqa bir atletimiz Xushnoza SHavkatova 5,78 metr bilan to'rtinchi o'rindan joy oldi.
Oltin: SHarifa Davronova (O'zbekiston) – 6,06 metr
Kumush: Moham Mubsina (Hindiston) – 5,91
Bronza: Jia Yin (Gonkong) – 5,81
4-o'rin: Xushnoza SHavkatova (O'zbekiston) – 5,78
Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar