03 sen 15:02
Yangiliklar

Engilmas bokschimiz Ekaterinburgda chempionlik kamarini himoya qiladi
Etiborlisi, oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov o'ziga tegishli WBA Asia chempionlik kamarini himoya qiladi. Uning raqibi filippinlik Roldan Aldi bo'ladi. Ushbu chempionlik jangi 10 raunddan iborat bo'ladi.
Malumot uchun, Umurzoqov prof ringda 9 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Ettita jangda raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan.
25 yoshli Roldan esa 22 ta jang o'tkazgan. Hisobida 14 ta g'alaba, 7 ta mag'lubiyat va bitta durang bor. Sakkizta jangda nokaut evaziga zafar quchgan. Uchta jangda esa o'zi nokautga uchragan.
Ekaterinburgdagi boks oqshomida yana bir o'zbekistonlik bokschi ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Sardor Muzaffarov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi ringga chiqadi. Magomed 4 ta jang g'alabaga erishgan, uchtasi nokaut bilan. Sardor esa 3 ta jangda zafar quchib, ikkitasida yutqazgan.
Fikrlar