09 iyu 23:09
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/15526_220.jpg)
Engilmas bokschimiz rossiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi
Yarim o'rta engil vazn toifasida professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Qudratillo Abdurahmonov Ekatirinburgdagi boks kechasida ringga chiqdi.
Bungacha 11 ta jang o'tkazib, barchasini g'alaba bilan yakunlagan 23 yoshli Qudratilloga ushbu jangda mezbon bokschi Dmitriy Mixaylenko raqiblik qildi.
12 raund davom etgan jangda Qudratillo yaqqol ustunlik qildi va yakunda hakamlar qaroriga ko'ra ochkolar bo'yicha 117-110, 116-111, 116-114 hisoblarida g'alaba qozondi.
U WBC Silver chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi. Endi vakilimiz o'z vazn toifasida chempionlik janglarida ishtirok etish uchun etarli reytingga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar