02 avg 09:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas bokschimiz WBA Asia kamari uchun jang qiladi
Professional bokschimiz Abdurasul Ismoilov navbatdagi jangini 1 sentyabr kuni o'tkazadi.
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida tashkil etiladigan jangda bokschimizga mezbon charm qo'lqop ustasi Xuang Kil Kim raqiblik qiladi. Mazkur bahs WBA Asia kamari uchun o'tkaziladi.
Malumot uchun, Abdurasul shu kungacha prof boksda 6 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (3 ta nokaut). Koreyalik bokschi esa 11 ta jangda 10 marotaba g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 1 marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar