12 mar 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua Deontey Uaylder bilan bekor qilingan jangi haqida gapirdi
Boks bo'yicha superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua yana bir sobiq chempion Deontey Uaylder bilan bekor qilingan jangi haqida gapirdi.
"Nimadir deyishim kerakmi? Kelinglar, "Entoni birlashdi" dostoniga chek qo'yaylik. Uaylderni hurmat qilaman, u yaxshi bokschi. Lekin u shunchaki men bilan jang qilishga tayyor emasdi. Ishonmasangiz — pastga siljitishingiz mumkin", - deb yozgan Entoni o'z tvitter sahifasida.
Uaylder so'nggi jangini Tayson Fyuriga qarshi o'tkazib, nokautga uchrab, mag'lub bo'lgan. Entoni Joshua esa so'nggi jangida ukrainalik bokschi Aleksandr Usikka imkoniyatni boy bergan.
Avvalroq, Joshua og'ir vaznda WBC kamariga majburiy davogar Dillian Uaytni Tayson Fyuriga qarshi jangda qo'llab-quvvatlashini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar