18 apr 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua: Taysonni mag'lub etish uchun har kuni mashg'ulot o'tkazyapman
Britaniyalik jahon chempioni Entoni Joshua vatandoshi Tayson Fyuri bilan astoydil jang qilish istagi borligini malum qildi.
Superog'ir vaznda WBO, WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi bo'lib turgan Joshua Tayson Fyuridan WBC kamarini tortib olishga kirishgan.
"Agar promouter kelisha olsa, men Fyuri bilan bo'sh tribunalar qarshisida jang qilishga ham tayyorman. Hozir ayni bizning jangimizni tashkil etish uchun qulay vaqt. Lekin karantin yakunlanganidan keyin Fyuri bilan jangimizni tashkil qilish qiyin bo'ladi. CHunki hamma o'z majburiy chempionlik himoya jangida ringga chiqishi kerak. Bu imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Taysonni mag'lub etish uchun har kuni mashg'ulot o'tkazyapman", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar