24 iyu 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Erik Uolker Isroil Madrimovga qarshi jang haqida qanday fikrda?
Xabar berib o'tganimizdek, bokschimiz Isroil Madrimov 15 avgust kuni prof ringda navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ushbu jangda Madrimovga amerikalik Erik Uolker raqiblik qiladi. Bokschi hamyurtimizga qarshi jang haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Madrimov havaskor boksda yaxshigina faoliyat olib borgan, lekin prof ringda ko'p xatolar qiladi va men unga dastlabki mag'lubiyatni taqdim etaman.
Pandemiyaga qaramay men mashg'ulotlar o'tkazdim va formani ushlab turdim. May oyidan buyon sport zaliga bordim va SHon Porter bilan sparring o'tkazdim. Men imkoniyatni kutmoqdaman, etiborim jamlangan va 15 avgust kuni oldimdagi vazifani muvaffaqiyatli bajaraman", - dedi Uolker.
Havola :
Manba : RingTV
Fikrlar