01 sen 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83431_220.jpg)
Erislandi Lara WBA Regular kamariga ega chiqdi
Kubalik 36 yoshli bokschi Erislandi Lara yana bir bor birinchi o'rta vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Lara ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga meksikalik Ramon Alvaresni mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu g'alaba Erislandiga vakant bo'lib turgan WBA Regular chempionlik kamarini taqdim etdi.
Etiborlisi, Lara mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham raqibi chempion bo'la olmasdi. Boisi, u bir kun avval o'tkazilgan tarozidan o'tish marosimida belgilangan vazn meyorini bajara olmagandi. Ramon Alvares 2 kg (71,9 kg) ortiq vazn qayd etgandi.
Havola :
Fikrlar