02 jan 07:30
Yangiliklar
Futbol
Eron. "Istiqlol"da g'alaba, Ashurmatovda avtogol, Masharipov qaytdi
Eron chempionatining 10-turida "Istiqlol" safarda "Sepaxon"ga qarshi bahs olib bordi.
Unda mehmonlar irodali g'alabaga erishdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Jasir Asani hisobni ochgandi. Oradan ko'p o'tmay Rustam Ashurmatov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Bahsning so'nggi daqiqalarida Ismoil Golizadeh g'alaba golini urdi.
Qayd etish kerak, Jaloliddin Masharipov 73-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. SHu orqali u 7 oy deganda safga qaytdi. U "Istiqlol"dagi so'nggi o'yinini o'tgan yilning 15 may kunida "Sepaxon"ga qarshi o'tkazgandi.
Uchrashuv yakuniga oz vaqt qolganida Masharipov yana jarohat olib, almashtirildi.

Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar