So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

12 mar 09:01
Yangiliklar

Futbol

Eron terma jamoasining bir qismi vatanga qaytdi: Namoyishchilar ularning uchib ketishiga to'sqinlik qilishga urindi

Teglar :  Eron
Seshanba oqshomida Eron ayollar terma jamoasining siyosiy boshpana so'ramagan azolari Avstraliyani tark etib, o'z vatanlariga qarab yo'l olishdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq jamoaning 5 nafar futbolchisi mahalliy policiya yordamida mehmonxonadan qochib ketgan va ularga gumanitar vizalar berilgan edi. Keyinroq yana ikki nafar sportchi Avstraliyadan boshpana so'ragani malum bo'ldi. Biroq boshpana olgan futbolchilardan biri yakunda baribir vatanga qaytishga qaror qilgan.

Tahdid va norozilik namoyishlari:

Eron davlat televideniesi boshlovchisi Muhammad Rizo SHahboziy madhiya kuylamagan qizlarni keskin tanqid qilib, shunday degan edi:

"Urush vaqtida xoinlarga nisbatan qattiqqo'lroq munosabatda bo'lish kerak".

ESPN nashrining xabar berishicha, jamoaning kuzatilishi mehmonxona va aeroport oldidagi kuchli norozilik namoyishlari bilan kechdi. Avstraliyada yashovchi eronliklar sportchilarning vatanga qaytgandan keyingi xavfsizligidan qattiq xavotirlanib, ularning Eronga uchib ketishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilishdi.

So'nggi taklif va chegara nazorati:

Manbalarga ko'ra, futbolchilar Avstraliya chegara nazoratidan o'tayotganda mahalliy rasmiylar va tarjimonlar har bir qizni kuzatuvchilarsiz, yakka tartibda chetga chaqirib, ularga siyosiy boshpana taklif qilishgan. Bazi qizlar bu taklifni muhokama qilish uchun Erondagi oila azolariga qo'ng'iroq qilishgan. Ammo yakunda delegaciyaning boshqa hech bir azosi Avstraliyada qolishni istamagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing