06 iyu 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Errol Spens IBF kamarini Texasda himoya qiladi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida IBF chempioni Errol Spens ilk himoya jangini o'tkazadi.
CHempionlik jangi sentyabr oyida AQSHning Texas shtati Dallas shahrida bo'lib o'tadi. Hozircha raqib nomi malum emas. Spens 27 may kuni endilikda sobiq jahon chempioni britaniyalik Kell Brukni mag'lub etib, ushbu yo'nalishda yangi jahon chempioniga aylangandi.
“Men yarim o'rta vazn toifasidagi barcha chempionlik kamarlarini o'z qo'limda birlashtirmoqchiman. Bosh maqsadim – mutloq jahon chempioni bo'lish. Buning uchun Kit Turman va Menni Pakyaoni mag'lub etishim kerak. – dedi Spens.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar