13 iyu 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga bo'ladigan turnirning markaziy jang ishtirokchisi vazn qila olmadi + FOTO
Xabaringiz bor, ertaga Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida Jessika Ay Sintiya Kalviloga qarshi oktagonga ko'tariladi. Vazn o'lchash marosimida Sintiya belgilangan vazn 126 funt (57,1) kg tosh bosgan. Jessika esa 126,5 funt (57,3 kg) vazn ko'rsatib, kerakli og'irlikni qila olmadi. SHu tariqa, endi Ay jang uchun kafolatlangan gonorarining malum qismidan ayriladi.
Eslatib o'tamiz, ertaga bo'lib o'tadigan UFC kechasida hamyurtimiz Zarrux Adashev debyut jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar