19 may 10:20
Yangiliklar

Ertaga G'oibnazarov ikkinchi jangini o'tkazadi, bugun “tarozi”
Hamyurtimiz 20 may kuni AQSHning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur “Medison Skver Garden” arenasida ringga ko'tariladi. Uning raqibi amerikalik Agustin Mauras bo'ladi.
1990 yilda tug'ilgan bokschi shu kungacha professional boksda 11 ta jang o'tkazgan. Ushbu janglardan 6 tasida g'alaba qozongan Agustin 2 bor yutqazib qo'ygan. Uch marotaba esa uning jangida g'olib aniqlanmagan.
Bugun bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishadi. Nyu-Yorkdagi boks oqshomining markaziy jangi amerikalik ikki yo'nalish chempioni Terens Krouford ishtirokida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Fazliddin G'oibnazarov AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi StubHub Center arenasida bo'lib o'tgan ilk jangida amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi.
Fikrlar