10 noy 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22358_220.jpg)
Ertaga nokautchi SHohjahon AQSH zaminidagi ilk jangini o'tkazadi
Professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi sportchimiz SHohjahon Ergashev 11 noyabr kuni AQSH zaminidagi ilk jangini o'tkazadi.
Professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi sportchimiz SHohjahon Ergashev 11 noyabr kuni AQSH zaminidagi ilk jangini o'tkazadi.
Qo'qon boks maktabi tarbiyalanuvchisi shu kuni Nyu-York shahrida amerikalik Markes Xautornga qarshi ringga ko'tariladi. 26 yoshli bu bokschi faoliyati mobaynida 12 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 5 tasida g'alabaga erishgan. Etti bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Etiborlisi, bu bokschini hamyurtimiz Sanjar Rahmonov ham o'z vaqtida mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu jang 2016 yilning 16 sentyabr kuni AQSHda bo'lib o'tgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar