So’nggi yangiliklar

19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0

12 fev 13:58
Yangiliklar

Futbol

Ertaga U-20 Osiyo kubogi boshlanadi, murabbiyimiz Farhod Nishonov musobaqa oldidan nimalar dedi?

Teglar :  O'zbekiston U-20
Ertaga O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi.

O'zbekiston U-20 ilk turda yamanlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadilar. Terma jamoa bosh murabbiyi Farhod Nishonov musobaqa oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


— Musobaqa haqida fikrlaringiz qanday, bu siz va jamoangiz uchun qay darajada ahamiyatga ega?

— Ushbu yosh toifasida Osiyo kubogi kabi musobaqaning ahamiyati juda ham katta sanaladi. CHunki bu – yosh futbolchilar uchun professional futbolga o'tish bosqichi bo'lib, ular bu kabi musobaqalar orqali o'z «nom»larini qozonadilar va o'z o'rinlarini mustahkamlaydilar. SHu sababli, Osiyo kubogi futbolchilarning keyingi professional faoliyatlari va hayotlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

— O'zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqaga qanday tayyorgarlik ko'rdi?

— Osiyo kubogiga reja asosida, etarli darajada tayyorgarlik ko'rdik. Bilasiz, jamoamiz musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Bu safar ham eng yuqori maqsadlarni ko'zlaganmiz.

— Yamanga qarshi ilk o'yin haqida nimalar deya olasiz?

— Har doim musobaqani yaxshi boshlab olish muhim, shu sababli o'ziga yarasha qiyinchiligi va bosimi bo'ladi. Ertaga birinchi uchrashuvda Yamanga qarshi maydonga tushamiz. Futbolchilarimiz tayyor, yigitlar hammasini tushunib, his qilib turishibdi.

— Tarkibdagi futbolchilarning jismoniy va ruhiy holati qanday?

— Tarkibimizga kelsak, futbolchilarimiz jismoniy va ruhiy holati bilan ham hammasi joyida. Aytganimdek, musobaqaga har tomonlama tayyormiz. Futbolchilarimiz maydonda ham, maydon tashqarisida ham o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. O'zaro do'stona aloqada va bir birini qo'lllab-quvvatlashmoqda. Men yigitlarga ishonaman, Xudo xohlasa, albatta maqsadimizga etamiz.

— Ushbu musobaqa yosh futbolchilarning xalqaro maydondagi tajribasini oshirishda qay darajada muhim?

— Tarkimizda xalqaro maydonda to'p surgan, nufuzli musobaqalarda ishtirok etgan tajribaga ega o'yinchilarimiz bor, shu bilan bir qatorda, o'zini ko'rsatishga tayyor yangi iqtidorli futbolchilarimiz ham etarli. O'ylaymanki, bu kabi katta o'yinlar orqali ular ulkan tajriba orttirishadi.

Har bir o'yinda g'alaba qozonib, chempionlik bilan muxlislarimizni xursand qilishni niyat qilganmiz. Bu yo'lda barcha ishni qilishga tayyormiz. Xalqimizni yaxshi natijalar bilan xursand qilish biz uchun eng katta baxt bo'ladi. Aytganimdek, oldimizga chempionlikni qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'yganmiz va bunga etishish uchun hamma narsa etarli. Ahil, g'alabaga chanqoq po'lat xarakterga ega jamoani ko'ryapman. O'ylaymanki, mazkur musobaqa yangi nomlarni kashf qiladi. Futbolchilarimiz maydonda borini berib kurashishga tayyor. Jamoamiz bilan eng yuqori maqsad uchun harakat qilamiz, — dedi Farhod Nishonov.


"S" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston — Yaman uchrashuvi 13 fevral Toshkent vaqti bilan soat 14:15da SHenchjendagi "Yoshlar futbol bazasi" 1 maydonida start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing