29 okt 13:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Eshitdik-da! Bugun Elnur Abduraimov ishtirokidagi final jangi o'tkazilmaydi
Xabaringiz bor, bugun boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati nihoyasiga etadi.
Avvalroq, 10 ta vazn toifasida final janglari bo'lib o'tishi haqida xabar berib o'tgandik.
Malum bo'lishicha, -64 kg vazn toifasida tashkil etilishi lozim bo'lgan Elnur Abduraimov - Mujibillo Tursunov jangi o'tkazilmaydi. Sababi, Mujibillo Tursunov kecha yarim finalda Otabek Xolmatovga qarshi o'tkazilgan jangda jiddiy jarohat olgan. SHifokorlar unga bugungi jangda ishtirok etishga ruhsat berishmagan.
Agar bu xabar tasdiqlansa, Elnur Abduraimov muddatidan oldin O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar