So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

03 okt 15:42
Yangiliklar

Tennis

Eshitdik-da! Top-100`talikdagi ikki rus tennischisi mahalliylashtirilishi mumkin

Bizdagi tasdiqlanmagan malumotlarga tayanadigan bo'lsak, O'zbekiston tennis federaciyasi rossiyalik ikki tennischini mahalliylashtirish bo'yicha faol ish olib bormoqda.

Rus tennis malikalarining ism-shariflari oshkor qilinmayapti, lekin ularning WTA reytingida Top-100`talikdan joy olgani aytilmoqda. 

Top-100 reytingidan joy olgan rossiyaliklar: Mirra Andreeva (5-o'rin), Ekaterina Aleksandrova (11), Diana SHnayder (19), Lyudmila Samsonova, Anna Kalinskaya (29), Veronika Kudermetova (30), Anastasiya Pavlyuchenkova (49), Anastasiya Potapova (59), Anna Blinkova (71), Polina Kudermetova (76), Anastasiya Zaxarova (87), Kamila Rahimova (89).

SHu yil "Paxtakor" klubining sobiq rahbari, poytaxtimiz ramzi hisoblangan "O'zbekiston" mehmonxonasi egasi, "Kapitalbank" asoschisi, taniqli tadbirkor Botir Rahimov O'zbekiston tennis federaciyasi raisi etib saylangandi. 

Tabiiyki, yangi rahbar, bo'lib ham sport olamiga begona bo'lmagan Rahimovdan katta o'zgarishlar kutiladi. O'zbek tennisining hozirgi holati achinarli. ATP va WTA turnirlaridagi ishtirok haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas, hatto M15 toifasiga kiruvchi mayda musobaqalarda ham tennischilarimiz muvaffaqiyatga erisha olishmayapti. Denis Istomindan keyin Olimpiada orzusi ham "ko'mildi". Reytingdagi eng yaxshi o'rnimiz Humoyun Sultonovga tegishli  - 400-pog'ona. 

Hozirgi rahbariyat oldiga katta ehtimol bilan aynan Olimpiadaga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan. Vaziatga real qarasak, bugungi terma jamoamiz tennischilari bilan bu vazifani uddalash mushkul masala. Tennisda Olimpiada-2028`ga ilk yo'llanmani Osiyo o'yinlari taqdim etadi. Bu musobaqa 2026 yilda Yaponiyada bo'lib o'tishini inobatga olsak, rossiyalik tennis malikalariga O'zbekiston fuqaroligi berilishi haqiqatga yaqin ekani oydinlashadi. 

Yodingizda bo'lsa, Denis Istomin 2018 yili Indoneziyada o'tgan 18-Osiyo o'yinlarining yakkalik bahslarida chempion bo'lish orqali Tokio-2020 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritgan edi. Bilishimizcha, hozircha rossiyalik ayol tennischilarga sport fuqaroligi berish bo'yicha ish ketayotgani teshik quloqqa chalindi. Devis Kubogida Gonkongga imkoniyat boy berilganidan keyin erkak tennischilar masalasi ham kun tartibiga chiqqan bo'lishi mumkin. Bularning bari hozircha norasmiy xabarlar.  

   

"Bizda malum bir vaziyat bor: Rossiyada musobaqalar, badal pullari yo'q, Ligalar ishlamayapti. Buning natijasida biz zaxiralarni moliyalashtira olmaymiz. Bizda mingga yaqin tennischi chet elda o'ynaydi, odamlar boshqa mamlakatlar uchun o'ynash uchun ketishi tabiiy hol. Hozir kamida 20 tennischimiz fuqaroligini o'zgartirishi mumkin", - dedi Rossiya tennis federaciya prezidenti 77 yoshli SHamil Tarpishev.

Malumot uchun, o'tgan yili rossiyalik sobiq tennischi Elina Avanesyan Armaniston bayrog'i ostiga o'tdi, Aleksandr SHevchenko esa sport fuqaroligini Qozog'istonga o'zgartirdi. Yaqinda esa Darya Kasatkina Avstraliya fuqaroligini qabul qildi.  

Eslatib o'tamiz, 2022 yilda Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) tavsiyalari fonida Rossiya va Belarus tennis federaciyalari azoligini to'xtatgan va tashkilot shafeligida ushbu mamlakatlardagi barcha turnirlarni bekor qilgandi. Bu mamlakatlar terma jamoalari norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi va Billi Jin King Kubogida ishtirok eta olmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing