20 avg 12:55
Yangiliklar
Futbol
"Everton" Pikford bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard klub darvozabon Jordan Pikford bilan shartnomani uzaytirishni xohlayotganini aytdi.
"Klub Jordan bilan muzokaralar olib bormoqda. U biz uchun muhim o'yinchi. Barcha uning qolishini xohlaydi va Jordan bu erda juda ham baxtli", — deydi Lempard.
Pikford 2017 yilning yozidan beri "Everton"da o'ynaydi. 28 yoshli Angliya terma jamoasi darvozaboni o'tgan mavsum APL doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 58ta to'p olib chiqdi va 7ta "quruq" o'yin o'tkazdi.
Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar