24 sen 14:25
Yangiliklar
Futbol
Evra APL chempionlik poygasi favoritlarini aytdi
Franciyalik 2 ta klubni tanladi.
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Patris Evra Angliya Premer-ligasi joriy mavsumida chempionlik poygasi favoritlarini sanadi.
"Bizni oldinda yana ko'plab o'yinlar kutib turibdi. Odatda dekabrgacha hammasi oydinlashadi derdim, lekin bu safar Jahon chempionati bo'ladi, shuning uchun g'alati holat kuzatilmoqda. Menimcha, "Manchester Siti" va "Liverpul" hali ham chempionlik poygasining asosiy favoritlari bo'lib qolmoqda, ammo qolganlarni ham hisobdan chiqarmaslik lozim", – dedi franciyalik.
"Manchester Siti" hozirda APL turnir jadvalida 2-o'rinda, "Liverpul" esa 8-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : The Mirror
Fikrlar