02 may 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Patris Evra: "Suares bilan jang bo'lishi mumkin. Uning menejeri PFL bilan bog'landi"
Sobiq futbolchi, "Manchester Yunayted" va Franciya terma jamoasining sobiq azosi Patris Evra Luis Suaresga qarshi jang bo'lishi mumkinligini bildirdi.
Evra 23 may kuni Parijdagi PFL musobaqasida MMAda debyut qilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Hali uning raqibi va vazn toifasi aniqlanmagan.
"Bu haqiqatmi-yo'qmi, bilmayman, lekin menga Suaresning menejeri PFL bilan bog'langani haqida aytishdi. Bu men uchun kutilmagan xabar edi. Balki, ular kelib, mening debyut jangimni tomosha qilishni xohlashar.
Luis hali futbol o'ynayapti, oktagonda esa jarohat olish mumkin. Agar u men bilan may oyida jang qilishga rozi bo'lsa, hayron qolaman. Ammo, shunga qaramay, bunday jang bo'lib o'tish ehtimoli bor", — dedi Evra.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar