27 sen 10:48
Yangiliklar
Futbol

Fabio Kannavaro ham O'zbekistonga "yo'q" dedi
Jahon chempioni Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoaciga murabbiylik qilish imkoniyatidan voz kechdi, deya xabar beradi vaziyatdan xabardor manba.
Malumotlarga ko'ra, Kannavaro joriy mavsumda hozirgi murabbiylardan biri ishdan bo'shatilsa, Italiya klubidan ish topishga umid qilmoqda.
Fabio Kannavaro futboldagi faoliyatini yakunlagach, Yaqin SHarq va Xitoy klublarini boshqargan. 2019 yilda u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2022 yildan 2023 yilgacha Kannavaro Italiyaning "Benevento" klubi bosh murabbiyi bo'lgan. 2024 yilning aprelida u "Udineze" (Italiya) klubini qabul qilib oldi. O'sha yilning dekabr oyida Kannavaro Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" klubini boshqargan.
Havola :
Manba : www.sportsdaily.ru
Fikrlar