So’nggi yangiliklar

21:54Элит ОЧЛ ўтиш ўйини: "Пахтакор" Иордания клубини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:09Ўзбекистонлик спортчининг Эркабулан Токтарга қарши жанги эълон қилинди 0 19:01"Сурхон" Беҳруз Каримовнинг трансферидан қанча пул ишлаб топди? 0 18:18Бибисара ҳам борми? Қозоғистон терма жамоасининг Самарқанддаги Шахмат Олимпиадаси учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:30Собиқ чемпион нега Хабибни ММА тарихидаги энг буюк жангчи деб ҳисоблашини тушунтирди 0 16:52UFC рейтинги янгиланди: Нокаутчи енгил вазн тоифасида Топ-5`га яқинлашди 0 16:13Трамп ФИФА атрофидаги можаро фонида Инфантинонинг ёнини олди 0 15:37Grand Chess Tour: Синдаров 475 000 долларлик турнирдаги юришини бошлади 0 15:01Головкиннинг World Boxing ташкилотига 6 та янги федерация қўшилди + ФОТО 0 14:35Моралес Махачев - Гэрри жангини суғурталаш учун 9 кг вазн ташлаши керак 0 13:58Дунёнинг учинчи энг бой инсони “Ливерпуль” эгаларидан бирига айланади 0 13:31Топурия жамоаси Гэтжидан зудлик билан реванш олишни талаб қилмоқда 0 12:58Усман Нурмагомедовнинг менежери Макс Холлоуэйдан узр сўради 0 12:33Даниэль Кормье нима учун Жонсни мағлуб эта олмаганини айтиб берди 0 11:59"Реал"нинг янги футболчилари 2026/27 йилги мавсумда қайси рақамлар ўйнашлари маълум 0

15 noy 08:27
Yangiliklar

Futbol

Fabio Kannavaro: "Men jamoaning jismoniy holatidan havotirdaman"

Misr termasiga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Futbolchilar uchun xursandman. Bu erga kelganimdan buyon ular qo'lidan kelganicha harakat qilishmoqda. O'rganishga, ishlarni yaxshilashga intilishmoqda. Ular termaning qanchalik kuchli ekanligini isbotlashni istashyapti. Bunday termalarga qarshi o'ynash oson emas. Raqib tarkibida ko'plab top futbolchilar bor edi. O'yin boshidanoq katta etibor bilan o'ynashni boshladik. Birinchi va ikkinchi gol vaqtida ham, to'psiz holatda ham yaxshi o'ynadik, barcha hududlarni yopishga harakat qildik. Albatta, natija biz uchun muhim. Endi shunday ishlashda davom etishimiz, o'yinni yaxshilashimiz kerak. Men jamoaning jismoniy holatidan havotirdaman. Mashg'ulotlar davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash kerak. Bunday natijalar bizga ko'proq kuch beradi.

- Oston O'runovning almashtirilishi sababi nimada edi? U Eronga qarshi o'ynaydimi?

- Bilmadim. Biz o'yinni hozir tugatdik. Oston, albatta, charchagan edi. U qo'lidan kelganini qildi. U jarohatidan tiklanganidan beri endi uchinchi o'yinini o'tkazdi. Ostonning jismoniy holatini yaxshilash kerak.

- Bu erga qaytish haqida qanday fikrdasiz?

- BAAga kelsam doimo xursand bo'laman. Bu erda meni yaxshi kutib olishgan, yaxshi sharoitlari bor, maydonlari sifati yaxshi. Yangi stadion ham zo'r. Bu erda bo'lish men uchun doimo yoqimli. 

- O'zbekiston termasi so'nggi yillarda Eronga qarshi ko'plab o'yinlar o'tkazdi. Oldindagi uchrashuv oldingilari qanchalik farq qiladi?

- Ularga qarshi o'yinlar sovrin uchun bo'lganmidi? Eron bilan ko'plab bahslar bo'lgan. Ushbu termani juda ham hurmat qilamiz. Osiyoda ular eng kuchli termalardan biri. Bu o'yinda biz ularga muammolar yaratishni istaymiz. 

- Kosmin Olariu bilan birga ishlagansiz. U BAA termasi bilan jahon chempionatiga bora oladimi?

- Kosmin Olariu top-murabbiy ekanligiga aminman. U bilan faoliyatimni boshlash men uchun muhim bo'lgan. Umid qilamanki u ham termasini jahon chempionatiga olib chiqa oladi. BAA termasining o'yinlarini kuzatib boryapman. Uni oldinda juda qiyin o'yin kutib turibdi. U vazifani bajara oladi deb o'ylayman.

- G'alaba muborak va bardavom bo'lsin. Bugungi o'yinda himoya yaxshi o'ynadi-yu, bazida darvozabon bizni qo'rquvga soldi. Darvozabonning o'yinidan qoniqdingizmi? Muhammad Salohni yopish bo'yicha alohida ko'rsatmalar bo'ldimi?

- Muhammad Salohni yopib qo'yishning iloji yo'q. Birdamlik bilan bunday o'yinchilarni zararsizlantirish mumkin. Abduvohid Nematov to'psiz holatda yaxshi ishlamoqda. Bunday termalarga qarshi o'yinlarda raqiblar albatta darvozaga zarba berishadi. Biz himoyada qiynalgan vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. Raqiblarda ham yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi, lekin juda xavfli vaziyatlar yarata olishmadi. Bu men uchun juda ham muhim edi. 

- BAA terma jamoasining hozirgi holati haqida qanday fikrdasiz? BAA va O'zbekiston futboli o'rtasidagi farq qanday?

- Umuman boshqacha. Buni hozir taqqoslab bo'lmaydi. Bu termada ko'plab xorijlik futbolchilar bor, ular orqali termani kuchaytirish imkoniyati bor. SHu sababli o'zaro taqqoslash noo'rin deb o'ylayman. Men ishlagan paytdagi holat boshqacha edi. Har bir federaciya o'z termasi kuchayishi uchun katta mehnat qiladi. O'zbekiston termasini tanlaganim sababi, ularda ko'plab iqtidorli futbolchilar bor. So'nggi yillarda mahalliy futbolchilarga etibor juda katta. Xitoyda ham ishlaganman. Bu ishlar bazi termalar uchun mos tushmasligi ham mumkin. Agarda jahon chempionatiga chiqsangiz, barcha xursand bo'ladi. Agarda chiqa olmasangiz, barcha o'z shikoyatini yozadi. Jahon chempionatiga chiqqandan keyin strategiya tuzilgan va biz buni bajarish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing