31 mar 09:18
Yangiliklar
Fabio Kannavaro: "Mundialda barchasi boshqacha bo'ladi"
"Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Ko'plab vaziyatlarimizni ko'kka sovurdik. Asosiy vaqtda yutishimiz uchun barcha imkoniyatimiz bor. O'yinni nazorat qildik va raqibga bosim o'tkazdik. Bunday jamoalarga qarshi o'ynash har doim oson emas. Jamoam namoyish etgan o'yindan juda ham xursandman. Sababi qisqa vaqt ichida ko'p narsalarga ulgurmaymiz. Bugun maydonda xarakter ko'rdik, ruhiyatli va jiddiy o'yin. Yigitlarga boshqa o'rtoqlik o'yinlari yo'qligini kiyinish xonasida aytdim", - dedi Fabio Kannavaro.
- Gabonga qarshi o'yinda himoyamiz ko'plab xatolarga yo'l qo'ygan edi. Bugungi o'yindagi himoyachilarning harakatlariga baho berib o'tsangiz. Umumiy ikki uchrashuvda himoya chizig'i namoyish etgan o'yindan qanchalik qoniqdingiz?
- Jiddiy o'yin bo'ldi. Raqibga imkoniyat bermadik. Bahsni yaxshi boshladik va raqibga har doim pressing qildik. Yakkakurashlarda g'alaba qozondik. Bularning barchasi oson bo'lmadi. Bugun yigitlar juda yaxshi o'yin o'tkazishdi. Himoyachilar yolg'iz ravishda o'yinni yuta olishmaydi. SHuning uchun yarim himoyachilar va hujumchilar bilan birga to'g'ri o'ynash kerak. Himoya jamoa sifatida juda yaxshi ishladik.
- Standart vaziyatlar va burchak zarbalarimiz borgan sari xavfliroq tus olmoqda. Standart vaziyatlardan to'g'ri foydalanish terma jamoamizning navbatdagi maqsadimi?
- Standart vaziyatlar ustida ishlashga vaqtimiz ko'p emas. Lekin imkon qadar ish olib bordik. Yangi malumotlar topib, futbolchilarga taqdim etdik. Jamoamizda ikki nafar futbolchi ham juda yaxshi zarbaga ega. Otabek SHukurov va Azizbek G'anievlar uzoq masofadan juda yaxshi zarba berishadi. Ushbu aspektlar ustida ish olib borishimiz kerak.
- Qaysi futbolchi joriy FIFA kunlarida sizni yaxshi tomonlama hayron qoldirdi?
- Barcha o'yinchilar o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. O'tgan bahsda ham yaxshi harakat qilgan edik, ammo koncentraciya biroz joyida emas edi. SHu sababli "jinnicha" xatolarga yo'l qo'ygandik. Bugun futbolchilar men so'ragan barcha ko'rsatmalarni bajarishdi.

- Dastlabki 15 daqiqada yuqori pressing qildik. Tanaffusdan so'ng esa jamoa charchab qolgandek tuyuldi. Jismoniy jihat ustida qanday ish olib bormoqchisiz?
- Bu normal holat. Bazi o'yinchilarni o'zgartirdik. Intensivlik boshqacha edi. Futbolchilarga ham imkoniyat berdik. Jismoniy holatimiz yanada yaxshilanadi degan umiddaman. Yana bir narsani unutmaylik, Superligada endi to'rtinchi tur yakunlandi. Hali mavsum yarimiga ham etib kelmadi. Mavsum yarmiga kelganda farqni ko'rasiz.
- Maydon markazida muammolar bordek. Hamrobekov - SHukurov tandemi susayib qolgandek. Ushbu kamchilikka qanday echim topmoqchisiz?
- Qanday muammo ko'rdingiz?
- Raqiblar tezkor paslar orqani markazni yorib o'tishdi...
- Menimcha, ular juda yaxshi o'ynashyapti. Maydon markazini faqatgina ikki futbolchiga topshirsak, barcha zonalarni yopish ilojsiz bo'lib qoladi. Vingerlar, qanot himoyachilari, himoyachilarimiz birga harakat qilishi kerak. Agar ikkita tayanch yarim himoyachisi bilan o'ynay olamiz deb o'ylasak. Katta xato bo'ladi va buning iloji yo'q.
- Abduvohid Nematovni asosiy tarkibda maydonga tushirish penaltilar seriyasiga tayyorgarlikmidi yoki Yusupovda jarohat bormidi?
- Yo'q. Men o'yindan ancha oldin bunday qarorga kelgandim. O'yindan oldin darvozabonlar murabbiyi bilan gaplashgan edim. Ikki o'yinni ikki xil darvozabon bilan o'tkazamiz degan qarorga kelgandik. Agar imkoniyat bo'lsa, ikkinchi uchrashuvning so'nggi 20 daqiqasida uchinchi darvozabonga imkoniyat berardik. Oldinda ushbu g'oyamiz bor edi.

- Terma jamoaga ko'proq yosh futbolchilarni jalb etishda qanday ishlarni bajaryapsiz?
- Men imkon qadar ko'proq futbolchilarni ko'rib olishga harakat qilaman. Biroq barchani kuzatib borishning iloji yo'q. To'liq Respublikani qamrab olish qiyin, afsuski. Yoshlar terma jamoalari murabbiylari bilan birgalikda skauting ishlarini olib boryapmiz. Biz iloji boricha yoshlarga imkoniyat berishga harakat qilamiz.
- JCHdan oldingi so'nggi yig'in haqidagi xulosalaringiz? Hozirgi holatda mundialga qanchalik tayyormiz?
- Mundial boshqacha bo'ladi. Bizning raqiblarimiz boshqa bo'ladi. Temp, ob-havo va barchasi boshqacha bo'ladi. O'rtoqlik o'yinlarini mundial bilan solishtira olmaymiz. Qadamba qadam yangiliklar qilib boryapmiz. O'zgarishlarga qo'l urmoqdamiz.
- MTJ JCHdan oldingi yig'inni 5-may kuni boshlashi kutilmoqda. Aprel oyida esa Superliganing ettita tur o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Juda zich taqvimda futbolchilarning jarohat olish ehtimoli yuqori bo'ladi. Zich taqvim esa aynan sizning istagingiz va rejangiz tufayli tuzildi. Ushbu jihat sizni qanchalik xavotirga solmoqda? Masalan, so'nggi Osiyo Kubogidan oldin ko'plab etakchi futbolchilarimiz jarohat olib, musobaqada ishtirok eta olmagandi...
- Bu normal holat. CHempionat boshlanganida jarohatlangan futbolchilar bo'lishi odatiy hol. Biz mayda yig'ilamiz. Ikki haftalik yig'in o'tkazib, ikkita nazorat o'yini o'tkazamiz. Legionerlarni futbolchilar ham yig'ilganda qo'shilganidan so'ng yana bir hafta davomida mashg'ulot olib boramiz. SHu hafta davomida yana bir nazorat o'yinini tashkil etamiz. Keyin esa Kanadaga uchib ketamiz. O'rtoqlik o'yinlaridagi ishtirok uchun. Ushbu vaqt davomida barchasini nazorat qilishga harakat qilaman. O'yinchilarning holatini yaxshilashga intilamiz. Jarohatlar juda katta faktor. SHu sababli tibbiy shtabni yaxshiladik. Jismoniy holatimizni kuchaytirishga ham alohida etibor qaratyapmiz. Jarohatlar sonini maksimal tarzda kamaytirishni xohlaymiz. Futbolchilar yuqori tempda o'ynay olishiga yordam berishni maqsad qilganmiz. Agar to'g'ri ovqatlanib, to'g'ri mashg'ulot olib borsa, to'g'ri uxlasa futbolchining faoliyati o'n yil emas, o'n besh yil davom etishi mumkin. Farq mana shunday holatlarda seziladi. Futbolchilarga nisbatan qabul qilayotgan qarorlarim, ularning sog'ligiga berilayotgan ortiqcha etibor bazi insonlarga g'alati tuyulayotgandir. Biroq men futbolchilar haqida o'ylayapman va ular uzoq yillar davomida futbol o'ynashini ko'zlaganman. Barchaga rahmat, ko'rishguncha.

Fikrlar